Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti bo‘lib, milliarder Donald Tramp etib saylanadigan bo‘lsa, shunga yarasha tayyorgarligini boshlab yubordi. Chunki Tramp Vashingtonning Uzoq Sharqdagi bu hamkori haqida juda ko‘p qattiq so‘zlar aytib kelgan. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
TIV, shuningdek, Tramp tomonidan saylovoldi kampaniyasida ilgari surilayotgan siyosat real hayotga qanchalik mos kelish-kelmasligini tahlil qilib ko‘radi.
Tramp Yaponiyani bir necha bor AQShning tengi bo‘lmagan ittifoqchisi deb atagan va Tokioni harbiy ehtiyojlar uchun ko‘proq pul sarflashga chaqirgan edi. U, shuningdek, Yaponiyani milliy valyutani manipulatsiya qilishda ham ayblagan edi.