AQSh prezidenti Barak Obama KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmoyishini imzoladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu Shimoliy Koreyada 6 yanvar kuni yadroviy sinov o‘tkazilgani, 7 fevralda esa ballistik raketa uchirilgani bilan bog‘liq.
Sanktsiyalar Shimoliy Koreyadagi 17 tashkilot va hukumat rasmiylariga taalluqli hisoblanadi. Shuningdek, shimolliklarning kemalari va banklari sanksiyaga tushgan. Shimolliklarning AQSh hududidagi barcha mulklari ham bloklangan.
"Bu harakatlar shimolliklarning rejimiga doimiy qarshiligimizni anglatadi", deydi Oq uy vakili Josh Ernest.
Bundan oldinroq, AQSh Davlat departamenti KXDRni hibsdagi amerikalik talabani zudlik bilan ozodlikka chiqarishga chaqirgandi.