Kurdlar tashkiloti Anqaradagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

Jahon 15:28 / 17.03.2016 916

Kurdlarning "Kurdiston ozodligi lochinlari" nomli guruhi 13 mart kuni Anqara shahrida amalga oshirilgan va 37 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Tashkilot saytida shu haqdagi matn nashr etilgan.

Bu guruh jangarilari 17 fevral kuni Anqarada sodir etilgan va 28 kishini hayotdan olib ketgan terakt uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Kurdiston ishchilar partiyasi "Kurdiston ozodligi lochinlari" guruhiga aloqadorligini inkor etgan. Partiya rahbari Navof Xalil o‘z odamlari tinch aholiga qarshi teraktlar sodir etish bilan shug‘ullanmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni Anqara markazida, mamlakat bosh vaziri qarorgohi joylashgan hududda yo‘lovchi avtobusi oldiga kelgan avtomobil portladi. Natijada 37 kishi halok bo‘ldi va 125 kishi jarohatlandi. Terakt avtomobil ichidagi 24 yoshli talaba qiz va uning terrorchi sherigi tomonidan amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: