Kaliforniyadagi neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Jahon 15:25 / 17.03.2016 1450

Bugun 17 mart kuni Kaliforniyada joylashgan Exxon Mobil neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi. Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, ayni paytda voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yordamga yetib kelganlar va olovni o‘chirishga urinmoqdalar.

Yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omil ma'lum emas. Taxminlarga ko‘ra, bunga elektr energiyasi tarmog‘idagi qisqa to‘qnashuv turtki bo‘lgan. Voqea paytida halok bo‘lganlar yoki jabr ko‘rganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: