Florida shtatining Deyton-Bich shahridagi shifoxonada aktyor va musiqachi Frenk Sinatraning o‘g‘li kichik Frenk Sinatra vafot etdi. Bu haqda TMZ portali xabar bergan.
Qayd etilishicha, Frenk Sinatra va Nensi Barbatoning o‘g‘li otasi bilan shouda qo‘shiq ijro etishi rejalashtirilgandi. Lekin u o‘zini yomon his qilgan va shifoxonaga olib borilgan.
Shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan. Uning o‘limiga yurakdagi muammolar sabab bo‘lgan. Kichik Sinatra 73 yoshda edi.