“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi shu yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston hududidagi magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish ishlarini boshlaydi.
Loyiha qiymati 506 million dollarni tashkil etadi. Xususan, kompaniya 2020 yilgacha umumiy uzunligi 198 kilometrli gaz quvurlari maydonlarini quradi va kompressor stansiyalar (KS)ni modernizatsiyalaydi.
“O‘ztransgaz” AK 266 million dollarni “Yangiyer-Toshkent” asosiy gaz quvurining 165 kilometrli yangi maydonini qurishga yo‘naltiradi. Shunda gaz quvurning kuchlanish quvvati yiliga 10 milliard kubometrni tashkil etadi. Ushbu gaz quvuri Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga gaz yetkazishni barqarorlashtirishga yordam beradi.
Kompaniya, shuningdek, “O‘rta Osiyo-Markaz” gaztransport tizimidagi bitta mavjud KSni zamonaviylashtirish va bitta yangi KS qurishni maqsad qilgan. Loyihaning umumiy qiymati 215 million dollar.