Istanbuldan Parijga parvoz qilayotgan Air France aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchisi kichkina bolani qo‘l yukiga yashirib, uni samolyot bortiga olib chiqqan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 7 mart kechki payt yuz bergan. AF 1891 reysi yo‘lovchilaridan biri uning qo‘shnisi qo‘l yuki sifatida olib ketayotgan sumkada nimadir qimirlayotganini payqab qolgan. U bu haqda bortprovodniklarga ma'lum qilgan, ular esa o‘z navbatida sumka ichida "1 yoki 2 yoshli bolani" aniqlashgan.
Ayol va kichkina yo‘lovchi samolyotning boshiga o‘tkazilgan. Ayol bolani qanday qilib samolyotga olib chiqqani aytilmagan.