Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
Pekin Janubiy Xitoy dengizi suvlarida tartibni ta’minlaydi, ekologiya va biologik resurslarni, suvereniteti va dengizdagi manfaatlarini himoya qiladi.

Foto: Aaron Favila/AP
XXR dengiz politsiyasi Filippin tomonidan dengiz zonalari to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganiga javoban Janubiy Xitoy dengizida partullik qilishni kuchaytiradi. Bu haqda Xitoy Sohil qo‘riqlash boshqarmasi ma’lum qildi.
«Sohil qo‘riqlash xizmati Xuanyan hududiy suvlarida patrullik va huquq-tartibot faoliyatini kuchaytiradi», deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Pekin ushbu suvlarda tartibni ta’minlaydi, ekologiya va biologik resurslarni, suvereniteti va dengizdagi manfaatlarini himoya qiladi. Xitoy tomoni milliy qonunchilik, BMTning tegishli konvensiyalari va boshqa xalqaro huquq normalari doirasida ish ko‘rish niyatida.
Filippin hukumati dengiz zonalari va dengiz koridorlari to‘g‘risida ikkita qonunni qabul qildi. Ulardan biri Manilaning mamlakat qirg‘og‘idan 370 kilometrgacha masofada energiya resurslarini qazib olish bo‘yicha «eksklyuziv huquqini» ta’minlaydi. Xitoy hukumatining hisoblashicha, bunday qaror Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha tomonlarning xatti-harakatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani jiddiy ravishda buzadi. Shu bois XXR Tashqi ishlar vazirligi Filippin elchisini chaqirib, Manilaga jiddiy arznomasini bildirdi.
Avgust oxirlarida Janubiy Xitoy dengizining bahsli hududida Xitoy va Filippinga tegishli kemalar o‘zaro to‘qnashib ketgandi. Xitoy sohil qo‘riqlash xizmatining ma’lum qilishicha, Filippinga tegishli kema noqonuniy ravishda Janubiy Xitoy dengizining Syanbin rifi hududiga kirgan va Xitoyga tegishli kemani «qasddan turtib ketgan».
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

10:09 / 08.08.2025
Misr va Filippin S7'ning foydalanilmayotgan Airbus'larini olmoqchi

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025