Samsung kompaniyasi Filippinda juda arzon, yangi Galaxy J1 Mini smartfonini namoyish qildi. Qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari oddiy, shuning uchun yangi telefonning yuqori samaradorligi haqida gapirishga hojat yo‘q. Smartfon Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi ostida ishlaydi, 3-avlod tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi va 1 500 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Uning quvvati 3G orqali gaplashish rejimida 8 soatga yetadi. Galaxy J1 Mini tashqi ko‘rinishidan Galaxy J1 Nxt smartfoniga o‘xshashdir.
Smartfon 800x480 pikselli 4 dyuymli TFT-displey, 1,2 GGts takt chastotasiga ega 4 yadroli protsessor, 768 Mb tezkor xotira, 8 Gb ichki o‘rnatilgan xotira, microSD xotira kartalari uchun slot, 5 Mp li asosiy va 0,3 Mp li old kamera, SIM-karta uchun ikkita slot, GPS, GLONASS, Wi-Fi 802.11n, Wi-Fi Direct va Bluetooth 4.0. modullariga ega.
Samsung Galaxy J1 Mini narxi haqida hozircha hech narsa aytilmagan. Ta'kidlash joizki, yangi smartfonga o‘xshash bo‘lgan Galaxy J1 Nxt smartfoni narxi 88 dollarga yaqin turadi, shuning uchun yangi qurilmaning narxi ham shu atrofda bo‘lishi taxmin qilinmoqda.