Suriyaning ash Shaddad shahrida o‘tkazilgan harbiy operatsiya chog‘ida IShID terrorchilari yetakchilaridan biri Abu Umar ash Shishaniy yo‘q etilgan. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk ma'lum qilgan.
«Ushbu yetakchining yo‘q etilishi, IShID uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi. Endi ularda Checheniston hamda Kavkazdan kelayotgan IShID tarafdorlarini o‘zlariga biriktirishda hamda Suriyaning ar Rakka va Iroqning Mosul shahriga bo‘ladigan hujumlarini keskin tushirib yuboradi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda amerikalik mutaxassislar, aviazarba natijalarini o‘rganmoqda.