AQSh prezidenti ma'muriyati 17 martda Kuba bilan turizm va savdo masalalari yengillashtirilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy davlat rahbari Gavanaga tashrif buyurgunga qadar “iqtisodiy frontda shovqin ko‘tarishni istamoqda».
Ma'lum qilishlaricha, AQSh ikki tomon savdo aylanmasida dollar ishlatishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, AQSh fuqarolarini Kubaga tashrifi masalalarini ham soddalashtirish nazarda tutilgan.