IShID rahbarlaridan biri Abu Umar ash-Shishaniy AQSh tomonidan Suriya hududida berilgan havo zarbasi oqibatida yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.
AQSh harbiylari ash-Shishaniyni IShIDning harbiy vaziri deb bilishadi.
Umar ash-Shishaniyning ikkinchi nomi Umar Chechenskiy bo‘lib, ochiq ma'lumotlarda u 1986 yili Gruziyada tug‘ilgan Tarxon Batirashvili ekani aytilgan.
O‘tgan yili ham uning o‘ldirilgani haqida xabar tarqalgan, yana bir safar esa u qo‘lga olingani aytilgan, lekin ikki xabar ham tasdiqlanmagandi.
"Biz uni o‘ldirganimizga amin edik. Menga odamlarim uni yerda jonsiz holda yotgani suratini yuborishgandi. Lekin u tirik qolgan ekan", deb yozgandi 2015 yilning dekabrida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.