Krishtianu Ronaldu YeChLning pley-off bosqichida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchiga aylandi

Sport 10:20 / 09.03.2016 3578

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLning nimchorak finalida «Roma»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga chiqdi.

Bu uchrashuv 31 yoshli ushbu futbolchi uchun YeChL pley-off bosqichlaridagi 57-uchrashuv bo‘ldi va u bu boradagi rekordni o‘rnatdi.

Bungacha u «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavi bilan birgalikda 56talik ko‘rsatkich qayd etib turgandi. Ayni vaqtda «Portu» sharafini himoya qilayotgan darvozabon Iker Kasilyas hisobida esa YeChL pley-offlarida o‘tkazilgan 55ta uchrashuv bor.

Shuningdek, bu boradagi ro‘yxatni «Barselona» a'zosi Andres Inesta (53), «Nyu-York Siti» xavbeki Frenk Lempard (52), «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (51) hamda transfer huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan, faoliyatining asosiy qismini «Barselona»da o‘tkazgan Viktor Valdes (51) davom ettirgan.

Ko‘proq yangiliklar: