AQSh va Janubiy Koreya tomonidan Key Resolve va Foal Eagle harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishiga javoban ularga ogohlantiruvchi yadroviy zarbalar bilan tahdid qilgan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ixcham yadro kallaklari maketi oldida suratga tushdi. Bu haqda BuzzFeed xabar tarqatgan.
Shimoliy Koreyadagi KCNA agentligi xabariga ko‘ra, suratda "yadro kallagining miniatura ko‘rinishi" tasvirlangan. Bunday yadro kallaklari kichraytirilish evaziga, ballistik raketalarga o‘rnatishga yaroqli bo‘lishi uchun standartlashtirilgani aytilgan.
Tahlilchilar esa shimolliklarning bu tajribasi muvaffaqiyatga erishishiga shubha bilan qaramoqda. Ular shimolliklar boshqalarni qo‘rqitish uchun shunday tasvirlarni tarqatganini ta'kidlashmoqda.