Iroq shimolida joylashgan Erbil shahrida AQSh harbiy samolyotlaridan biri halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Reuters.
Samolyotning barcha ekipaj a'zolari tirik qolgan, biroq turli darajada tan jarohati olishgan.
AQSh mudofaa vazirligi halokat sabablarini texnik nosozlik deb ko‘rsatdi. Ayni damda voqeaning butun tafsilotlari o‘rganilmoqda.