Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi jamoalar o‘zaro kelishgan holda muxlislar uchun yengillik yaratish maqsadida safardagi o‘yinlar uchun chiptalar narxini oshirmaslikka qaror qilishdi.
Sky Sports nashrida xabar qilinishicha, keyingi 3 mavsum davomida APL jamoalarining safar o‘yinlari uchun chiptalar narxi 30 funtdan yuqori bo‘lmaydi. Bu boradagi qaror klublar rahbariyati vakillarining fevral oyidagi uchrashuvi vaqtida qabul qilingan, lekin qaror haqida endi ma'lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida bir qancha jamoalarning muxlislari o‘yinlar uchun chiptalarning narxlari yuqoriligidan norozi bo‘lib namoyishlar o‘tkazishgandi.
APLning yetakchi jamoalari chiptalar uchun narxlarni arzonlashtirish taklifiga qarshi chiqmoqda
«Liverpul» muxlislardan uzr so‘radi va chiptalar narxini oshirmaydigan bo‘ldi