AQSh Avstraliyaga bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishi mumkin

Jahon 10:09 / 09.03.2016 3074

AQSh hukumati Avstraliya hukumati bilan bu mamlakat hududiga uzoq masofaga harakatlanuvchi bombardimonchi samolyotlarini joylashtirish masalasida muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda AQSh Harbiy havo kuchlarining Tinch okeani bo‘yicha bo‘limi generali Lori Robinsonga asoslangan holda AVS nashri xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, gap Avstraliyaning Shimoliy shtatiga AQShning muvaqqat avibazasini joylashtirish xususida ketmoqda. Bu bazada V-1 rusumli bombardimonchi samolyotlar hamda ularga yoqilg‘i tashuvchi samolyotlar bo‘ladi.

Ma'lum qilinishicha, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi ta'sirini kuchaytirishga harakat qilayotganiga qaramasdan, AQSh samolyotlari bu dengiz akvatoriyasi osmonida parvozlarni amalga oshirishda davom etadi.

Bundan oldinroq, Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga qiruvchi samolyotlarini joylashtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: