Yaponiyada ayollarga ajrashishdan keyin 6 oygacha turmushga chiqishni taqiqlash muddati qisqartirildi

Jamiyat 13:51 / 08.03.2016 3823

Yaponiya hukumati 8 mart kunida 100 yil avval qabul qilingan, turmushga chiqqan ayollarga ajrashishdan keyin 6 oygacha qayta turmushga chiqishni taqiqlovchi qonunga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu muddat 100 kungacha kamaytirilgan.

Agar ajrashish paytida ayol homilador bo‘lmagani haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim qilsa, qayta turmushga chiqish uchun kutish muddati umuman bekor qilinadi.

2015 yilning oxirida Yaponiya Oliy sudi bu qonunni konstitutsiyaga xilof deb topdi, bu esa hukumatning unga tuzatishlar kiritishga majbur qildi. O‘tgan asr boshida faqatgina ajrashishdan keyin ayollarga 6 oygacha qayta turmushga chiqishni taqiqlash bilangina bu orada tug‘ilgan bolaning otasini aniqlash borasida xatolikdan qochish mumkin, deb hisoblangan. Biroq qonunga qarshi chiquvchilarning aytishicha, bu usul irsiy tahlilning ishonchli usullari ishlab chiqilgan bizning zamonimizda kulgili hisoblanadi.

Qadimiy qonun 6 oylik davr ichida tug‘ilgan bolalarni boshi berk huquqiy vaziyatga qo‘ygan. Ko‘pincha bolaning otasi huquqiy jihatdan unga hech qanday aloqasi bo‘lmagan erkak hisoblangan. Bolaning haqiqiy otasi esa amaldagi qonunlar bo‘yicha otalik qilishga da'vogarlik qila olmagan. Natijada bunday bolalar umuman hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, bu esa ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan.

Avvalroq bunday qonunlar Fransiya, Germaniya va Janubiy Koreyada ham amal qilgan, biroq eskirib qolgan deb topilib, bekor qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: