Xitoy tashqi ishlar vaziri Yaponiyani “ikkiyuzlamachilik”da aybladi

Jahon 12:56 / 08.03.2016 5046

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy va Yaponiya munosabatlari kelgusida yaxshi tus olishiga ishonmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

U Yaponiyani “ikkiyuzlamachilik”da va Xitoy bilan munosabatlarda doim yangi muammolar keltirib chiqarishda aybladi. XXR TIV rahbari ikki tomonlama munosabatlar qachonki “do‘stlik an'analari”ga muvofiq bo‘lsagina yaxshilanishini aytib o‘tdi.

"Ikki tomondagi dono kishilar tufayligina ikki tomon munosabatlari iliq bo‘lib turibdi, ammo bu optimizmga asos bo‘la olmaydi", — dedi Van I.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rostan ham Yaponiya bilan munosabatlari yaxshilanishini istaydi. Uning aytishicha, bir tomondan Yaponiya hukumati Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilashga urinayotgandek tuyuladi, ammo ular Xitoy uchun har qadamda muammo yaratishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: