«Chelsi» APLning 29-turida «Stok Siti»ga qarshi maydonga chiqib, durang hisob (1:1) qayd etdi.
Shu tariqa, londonliklar klubi bosh murabbiyi Guus Xiddink o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini 12ta o‘yinga yetkazdi va APLda yangi tayinlangan murabbiylarning bu boradagi shu vaqtgacha bo‘lgan rekordini yangiladi.
Gollandiyalik mutaxassis «Chelsi» boshqaruviga 2015 yilning 20 dekabr kunida kelgandi. O‘tgan vaqt davomida u jamoa bilan APLning 12 o‘yinida 5 g‘alaba va 7 durang qayd etdi.
Bu boradagi avvalgi rekord 1993-94 yilgi mavsumda «Nottingem Forest»ni boshqargan Frenk Klarkka tegishli edi. U o‘shanda jamoa boshqaruviga kelgach, qatorasiga 11 o‘yinda mag‘lubiyat neligini bilmagandi.