Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) rahbari Stiv Saymon rossiyalik tennischi Mariya Sharopovaning doping qabul qilgani bilan bog‘liq xabarlarga izoh berdi.
7 mart kuni dunyoning eng boy ayol sportchisi hisoblanadigan Mariya Sharapova Los-Anjyelesdagi maxsus matbuot anjumani chog‘ida 2016 yilgi Avstraliya ochiq chempionatidan undan olingan namunalarda man etilgan dori — meldoniy topilganini tan olgandi.
"Men bu xabarni eshitib juda qattiq ranjidim. Mariyaning o‘zi aytganidek, har bir sportchi o‘z tanasida aniqlangan taqiqlangan modda uchun javobgar bo‘ladi. Uning ishi antidoping dastur tomonidan tekshirilmoqda. WTA tekshiruvlar natijasini qo‘llab-quvvatlaydi", deya Saymonning so‘zlarini keltiradi New York Times nashri.
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) rossiyalik sportchi 12 martdan boshlab barcha musobaqalardan chetlatilishini ma'lum qilgan.