Ukraina terma jamoasiga nomzod futbolchi, Dnepropetrovskning "Dnepr" jamoasi hujumchisi Roman Zozulya "Futbol Arena" nashriga bergan intervyusida mamlakatda sportga e'tibor juda past darajada ekani haqida aytib o‘tdi.
U Ukrainada sport asta-sekinlik bilan o‘layotgani haqida aytgan. "Nafaqat regbi, buni aytish og‘ir, hatto futbol ham ko‘z o‘ngimizda o‘lib bormoqda", deydi Zozulya.
U o‘zining Dnepropetrovskdagi regbi jamoasiga moddiy yordam ko‘rsatganini izohlar ekan, nomi sir saqlangan bu jamoadagi do‘stlari 5 yildan buyon homiysiz qiyin ahvolda qolayotganini aytib o‘tgan.
2 mart kuni Ukraina Futbol federatsiyasi ijroiy qo‘mitasi rahbari Artem Frankov UYeFA "Dnepr"ni 1 yilga xalqaro turnirlardan chetlatgani haqida ma'lum qildi. Buning sababi sifatida jamoa sobiq bosh murabbiy Xuande Ramos hamda uning yordamchisidan bo‘lgan qarzlarini to‘lamagani keltirilgan. UYeFA bu ma'lumotga rasman munosabat bildirmagan.