Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchilaridan muhojirlar bilan muammoni hal qilishda yordam berish evaziga shu bahordan Turkiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqiga qisqa muddatli safarlari uchun vizasiz tartib kiritishni so‘radi, deb xabar bermoqda Bryusseldagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Turkiya shu bahordayoq vizasiz tartibni kiritishni so‘radi", deb aytdi manba.
2015 yil noyabrdagi sammitda Yevropa Ittifoqi va Turkiya yetakchilari Anqaraning migratsiya inqirozini tartibga solishda yordam berish evaziga vizasiz tartib, moliyaviy ko‘mak va YeIga kirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash taklifini muhokama qilishgandi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Yevropa Ittifoqidan Turkiyada suriyalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilgan 3 mlrd dollardan ko‘proq moliyaviy ko‘mak so‘radi.