Shimoliy koreyalik xakerlar o‘nlab janubiy koreyalik amaldorlarning smartfonlari himoyasini buzib, ulardagi matnli va ovozli xabarlarga kira olishgan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati (NRS) ma'lum qildi.
Xabarda kiberhujum oqibatida aynan qaysi rasmiy shaxslar zarar ko‘rgani va bunda biror maxfiy ma'lumot o‘g‘irlangani haqida ma'lumot berilmagan.
NRS ma'lumotlariga ko‘ra, kiberhujum fevral oyining oxirida, mart oyi boshida yuz bergan.
Oxirgi yillarda Seul bir necha marta Pxenyanni kiberjinoyatlarda ayblab kelgan. O‘z navbatida Shimoliy Koreya bu ayblovlarni inkor qilib keladi.