Peruda hindular qabilasi amaldorlar vertolyotini qo‘lga oldi

Jahon 07:46 / 08.03.2016 7369

Peru Amazoniyasida 8 kishi hindular qabilasi asirligiga tushib qoldi. Tub aholi vakillari guruhi Petroperu davlat energetika kompaniyasining xodimlari va vertolyoti ekipajini garovga oldi. Bu haqda kompaniya prezidenti German Velaskez ma'lum qildi.

Hindular vertolyotni Mayuriaga qishlog‘i hududida qo‘lga olishgan. Hindular ularning yerlari neft bilan ifloslangandan keyin hukumatdan zudlik bilan yordam berilishini talab qilmoqdalar. Hindular neft oqib ketishi oqibatida o‘rmonlar va mahalliy aholi baliq ovlaydigan ikki daryo irmog‘i zarar ko‘rgani uchun tovon puli talab qilishmoqda.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, hindular yerga qo‘ngan vertolyotni o‘rab olib, undagi odamlarni garovga olgan. 

Neft oqishi 3 fevralda yuz bergandi. Neft quvurining yorilishi oqibatida 1000 barrelga yaqin neft oqib ketgan.  Bundan 10 kun avval shu quvurda yana 2000 barrel neft oqishi oqibatida shu huddudda yashovchi tub aholining qolgan jamoalari yerlariga ham zarar yetgandi.

Ko‘proq yangiliklar: