Olland: YeI Turkiyaga 2018 yilda moliyaviy yordamning yangi paketini taqdim etadi

Jahon 12:40 / 08.03.2016 1496

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning ta'kidlashicha, YeI rahbarlari agar Turkiya muhojirlar masalasida qo‘shimcha talablarni bajaradigan bo‘lsa, mamlakatga 2018 yilda moliyaviy yordamning yangi paketini taqdim etadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Uning aytishicha, agar Turkiya tegishli shartnomaning 72 shartini to‘la amalga oshiradigan bo‘lsa, Turkiya va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi viza tizimida liberallashtirish holati kuzatilishi mumkin.

Uning so‘zlariga qaraganda, kelishuvga binoan Turkiya hukumati uning hududiga Gretsiya orqali kirib kelayotgan qochqin va muhojirlarni qabul qilishi kerak. Suriyadan kelayotgan qochqinlar ham bundan mustasno emas.

Ko‘proq yangiliklar: