Buyuk Britaniyadagi The Telegraph nashri jurnalisti Oliver Braunning ma'lum qilishicha, biroz oldinroq doping qabul qilgani aytilgan rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning diskvalifikatsiyasi 4 yilni tashkil qiladi.
"Agar Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Mariya Sharapovaning mildronat preparatini atayin iste'mol qilganini aniqlasa, u 4 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Agar tergovlar u bu moddani beixtiyor qabul qilgan deb topsa, diskvalifikatsiya muddati 2 yil bo‘ladi", — deydi jurnalist.
7 mart kuni dunyoning eng boy ayol sportchisi hisoblanadigan Mariya Sharapova Los-Anjyelesdagi maxsus matbuot anjumani chog‘ida 2016 yilgi Avstraliya ochiq chempionatidan undan olingan namunalarda man etilgan dori — meldoniy topilganini tan olgandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi Mariya Sharapova 12 martdan musobaqalardan chetlatilganini ma'lum qildi
WTA prezidenti Mariya Sharapovada doping aniqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Homiylar doping mojarosidan keyin Mariya Sharapova bilan hamkorlikni to‘xtatishmoqda