Saudiya Arabistoni Jibuti hududida harbiy baza ochmoqchi. Bu haqda "Ash-Sharq al-Avsat" arab gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Jibutining Ar-Riyoddagi elchisi uning davlati "Jibutida Saudiya Arabistonining bazasini joylashtirish haqidagi kelishuvni imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini" ma'lum qildi. Elchining aytishicha, Ar-Riyod bilan kelishuv imzolangandan keyin ikki davlat o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlik "barcha yo‘nalishlar: quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz kuchlari sohalarida rivojlanadi".
Jibuti Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, uning hududi Adan ko‘rfazi va mintaqa uchun strategik jihatdan muhim bo‘lgan Bob-al-Mandab bo‘g‘ozi bilan yuvilib turiladi. Jibutida Fransiya va AQShning harbiy bazalari joylashgan. AQSh bazasida 4 mingga yaqin harbiy bor.