Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi boshlig‘i Federika Mogerini Suriyada «birovning qo‘li bilan urush olib borish" haqiqiy urushga aylanishi mumkin deb aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Biz shuni nazarda tutishimiz kerakki, oxirgi haftalarda amalga oshirilayotgan ijobiy qadamlarga qaramasdan, istalgan vaqtda ixtilofning avj olishi sodir bo‘lishi mumkin. Mintaqadagi vaziyat juda tarang bo‘lib qolmoqda. Har kuni biz qattiq tashvish uyg‘otadigan xabarlarni eshitmoqdamiz. Birovlarning qo‘li bilan mintaqaviy va xalqaro davlatlar o‘rtasida olib boriladigan urush haqiqiy urushga aylanib ketishi mumkin", deb aytdi Mogerini.
Mogerini Suriyada ixtilofni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish jarayoniga ko‘mak berish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.