Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Suriyada 5 yil ichida birinchi marta jiddiy jangovar harakatlar kuzatilmaganini qayd qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Suriyaning turli qismlarida bir necha qoidabuzarliklarni kuzatgan bo‘lsak ham,
Suriyada o‘t ochishni to‘yxatish ancha darajada saqlanmoqda. Biroq, umuman olganda, o‘t ochishni to‘xtatish kuzatilmoqda va hafta davomida joylardagi vaziyat avvalgi haftalardagiga nisbatan yaxshilandi", deb aytdi Mogerini.
Avvalroq Rossiya tomonidan tuzilgan Suriyada bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarni yarashtirish markazi yarashuv tartibini qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar soni 35 taga yetganini ma'lum qildi.