Milliarder Maykl Blumberg AQSh prezidenti lavozimiga kurashmasligini e'lon qildi. Bloomberg View saytida u o‘zining bu qarorini tushuntirib berdi. Nyu-Yorkning sobiq merining fikricha, uning nomzodining qo‘yilishi Donald Tramp yoki Ted Kruzning g‘alabasiga olib kelishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Blumberg ba'zi ma'lumotlar bilan tanishib chiqqach, agar u prezidentlik poygasiga qo‘shilsa, unda g‘alaba qilishga imkon yo‘qligini anglagan.
Milliarder hozirda Kongressning ikkala palatasi ham respublikachilar tomonidan nazorat qilinayotganini eslatib o‘tdi. Blumberg nomzodining qo‘yilishi "AQSh prezidenti lavozimiga Donald Tramp yoki Ted Kruzning saylanishi" imkoniyatini oshiradi.
Blumbergning fikricha, Tramp "ziddiyatli va safsataboz kampaniya" olib bormoqda. Kruzning AQShga diniy mansublikka ko‘ra muhojirlarning kiritilishiga taqiqlov kiritish g‘oyasi esa millatning birlashishiga ko‘mak bermaydi.
Blumberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 41,7 mlrd dollarga baholanmoqda.