Manba: IShID a'zolari Malayziya bosh vazirini o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan

Jahon 13:26 / 08.03.2016 5203

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Malayziya hukumati rahbari Najib Razoqni o‘g‘irlab ketishni rejalashtirgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, Malayziya IIV rahbari Ahmad Zohid Homidiy parlametda chiqishi vaqtida ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofoza qiluvchi organ vakillari IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 13 nafar shaxs o‘tgan yilning yanvar oyida hukumat rahbari, ichki ishlar vaziri, shuningdek, mudofaa vazirligi yetakchisi Hishomiddin Xusaynni o‘g‘irlab ketishni rejalashtirganini aniqlagan. Bundan tashqari, o‘rinbosarning qayd etishicha, IShID jangarilari so‘nggi ikki yil ichida mamlakat hududida yirik teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda IShIDga aloqadorlikda gumonlanib 129 nafar kishi hibsga olingan. Bir vaqtning o‘zida, Iroq va Suriyada jang qilayotgan 55 nafar malayziyalikning shaxsi aniqlangan bo‘lib, ulardan 17 nafari yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: