Sud amerikalik sport jurnalisti, ESPN telekanalidagi "Yulduzlar bilan raqs" dasturi muallifi bo‘lgan Erin Endryusga 55 mln dollar miqdorida tovon to‘lash haqida hukm chiqardi. U muxlislardan biri o‘zini kiyimsiz holatida Ogayo shtatidagi Vanderbilt mehmonxonasining qo‘shni xonasida turib tasvirga olgani va internetda tarqatgani uchun sudlashgandi.
Sud qaroriga ko‘ra, Maykl Devid Barret ismli bu "paparatstsi" 28 mln, xodimlari uning harakatlariga to‘sqinlik qilmagan mehmonxona esa 27 mln dollar to‘laydi.
Erin Endryus o‘zi yalang‘och holda tasvirlangan video tarqalgach, o‘zini kamsitilgan holda sezganini va tushkunlikka uchraganini aytib o‘tgan.