Janubiy Koreya KXDRga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Jahon 16:16 / 08.03.2016 3528

Janubiy Koreya KXDRga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Reyter agentligiga ko‘ra, janubliklarning qora ro‘yxatiga yana 40 nafar shimollik amaldor va 30ta tashkilot nomi kiritilgan.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga qo‘shilganlar orasida Pxenyanning harbiy dasturlarida, xususan ommaviy qirg‘in qurollari yaratilishida ishtirok etgan shaxslar bor. Rasmiy Seul Shimoliy Koreya portlarida keyingi 180 kun davomida to‘xtagan kemalarga ham o‘z portlari hududiga kirishni taqiqlagan.

Janubliklarning "qora ro‘yxati"da Singapur va Tayvan fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar ham qayd etilgan. Bu shaxslarning Janubiy Koreya banklaridagi aktivlari muzlatilgan.

Bu sanksiyalar BMTning KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirishi ortidan qo‘llandi.

Ko‘proq yangiliklar: