Nike kompaniyasi rossiyalik tennischi Mariya Sharapova bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bunga tennischi bilan bog‘liq doping mojaro sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi.
"Biz Mariya Sharapova haqidagi yangiliklardan ranjidik va taajjublandik. Biz Mariya bilan munosabatlarimizni taftish paytida to‘xtatishga qaror qildik. Biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz", deb aytildi kompaniya bayonotida.
7 mart kuni Mariya Sharapova doping iste'mol qilganini tan oldi. Gap meldoniy vositasi haqida ketmoqda. 2016 yil 1 yanvardan bu vosita taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Rossiya tennis federatsiyasi prezidenti Shamil Tarpishev bu vaziyat uchun javobgarlikni Sharapova bilan ishlagan tibbiy xodimlar zimmasiga yukladi.
Tennischi 12 martdan musobaqalardan vaqtinchalik chetlatiladi. Hozircha ushbu holat bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmadi.
Sharapova Nike bilan shartnomasidan har yili 22 mln dollardan ko‘proq foyda olgan.
Bir vaqtlar birinchi raqamli tennischi bo‘lgan Sharapova ayni vaqtda dunyo tennischilar reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi. U Katta dubulg‘a musobaqalarining 5 karra g‘olibi, London Olimpiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi.