Gollandiya terma jamoasiga nomzod futbolchi ko‘chada bezorilik qilgani gumonlanmoqda

Sport 12:03 / 08.03.2016 2001

Ayni vaqtda "Feyyenoord" jamoasi a'zosi hisoblanadigan, Gollandiya terma jamoasiga nomzod hisoblanadigan Eljyero Elia ko‘chadagi yo‘lovchiga hujum qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda futbolchining advokati xabar bergan.

De Telegraaf nashrining xabariga ko‘ra 29 yoshli bu futbolchi politsiya mahkamasiga so‘roq berish uchun chaqirilgan.


Joriy mavsumda ushbu hujumkor yarim himoyachi Gollandiya chempionatining 23 uchrashuvida ishtirok etgan va 5ta gol urib, 2ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.


Elia o‘z vaqtida "Yuventus", "Gamburg" hamda "Sauthempton" kabi jamoalarda to‘p surgandi.

Ko‘proq yangiliklar: