Eronda Islom revolyutsiyasi qo‘riqchilari korpusi tomonidan harbiy mashg‘ulot chog‘ida bir necha ballistik raketalar sinovi o‘tkazildi.
Reyter agentligi xabarida aytilishicha, mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan bunkerlardan raketalar uchirilgan.
Qayd etilishicha, bu sinovlar "Eron Islom respublikasining tashqi tahdidlarga qarshi tura olishini ko‘rsatib beradi".
Bundan oldinroq, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQShga tegishli samolyot tashuvchi kema yaqinida bir necha raketa uchirgani haqida xabar berilgandi.