Economist: ayollar uchun ishlash uchun eng yaxshi sharoitlar skandinav davlatlarida taqdim qilingan

Jamiyat 19:54 / 08.03.2016 6470

The Economist nashri ayollarda erkaklarga nisbatan mutlaq bir xil ish sharoitlari olishga eng katta imkoniyat mavjud bo‘lgan davlatlar indeksini taqdim qildi. Tegishli ma'lumotlar nashr saytida chop etildi.

Indeksga maosh miqdori, oliy ta'lim olish imkoniyati, bolani parvarishlash uchun xarajatlar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha huquqlar haqidagi ma'lumotlar kiritilgan.

Eng yaxshi ko‘rsatkichlar Shimoliy Yevropaning Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya kabi davlatlarida qayd etildi. Bu davlatlarda ayollarda barcha ko‘rsatkichlar deyarli erkaklarniki bilan bir xilda.

Finlyandiyada erkaklarga nisbatan oliy ta'lim olgan ayollar ulushi eng ko‘p bo‘lgan, Norvegiyada esa ayollar va erkaklar maoshlari orasidagi tavofut o‘rtacha ko‘rsatkichdan (15,5 foiz) deyarli ikki barobar kamroqni (6,3 foiz) tashkil qildi.

Vengriyada esa onalik ta'tili uchun to‘lanadigan haq eng katta miqdorda bo‘lib (100 foiz maosh saqlanib qolgan holda 71 hafta), bolani parvarishlash uchun xarajatlar eng miqdorni tashkil qiladi.

Reytingning eng pastki qatorlarida Yaponiya, Turkiya va Janubiy Koreya kabi davlatlar joylashdi, bu davlatlarda erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq ilmiy darajalarga ega va ko‘proq rahbarlik lavozimlarini egallaydi.

Bu davlatlarda erkaklar va ayollar maoshlari o‘rtasidagi tavofut ham katta. Yaponiya va Janubiy Koreyada ota-onalar uchun qulay ta'til tizimi mavjud, biroq bu aholining tobora keksayib borayotgani va ishchi kuchining qisqarayotganiga javob hisoblanadi. Qolgan jihatlarda bu davlatlar Shimoliy Yevropa davlatlaridan ancha orqada qolmoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: