«Lester» jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi Angliya Premer-ligasidagi chempionlik kurashi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men Angliya chempionatining navbatdagi turida (2:2 hisobida yakunlangan «Arsenal» «Tottenhem» bahsi - tahririyat) bizga raqobatchi bo‘lgan jamoalar ochko yo‘qotganini boshqalardan eshitdim. Chunki ular o‘zaro uchrashuvdaligi vaqtida PlayStation orqali Call of Duty videoo‘yinini o‘ynash bilan band edim.
Hech kim mavsum boshida bizga ishonmagandi. Barcha bizni APLda qolish uchun kurashadigan jamoa sifatida qabul qilgandi. Qolishimiz aniq bo‘lishigacha o‘zimiz ham katta bosim ostida o‘ynadik.
Endi esa biz shunchaki o‘yindan zavq olish uchun maydonga tushmoqdamiz», — deydi u.
«Lester» 29-turdan so‘ng turnir jadvalida 60 ochko jamg‘argan holda, ikkinchi o‘rinda borayotgan «Tottenhem»ni 5 ochkolik farq bilan ortda qoldirib, peshqadam bo‘lib turibdi.