BAAda WhatsApp orqali do‘stini haqorat qilgan osiyolik deport qilindi

Jamiyat 12:24 / 07.03.2016 4231

Osiyolik kishi WhatsApp orqali boshqa bir erkakni haqorat qilgani uchun aybdor deb topilib, BAAdan deport qilindi

Umm-Al-Kuveyn sudi ismi noma'lum bo‘lgan shaxsni jazoga hukm qildi va mamlakatdan chiqarib yuborish chorasini ko‘rib chiqdi. Bundan esa ayblanuvchi hukmni qayta ko‘rib chiqishga shikoyat qildi.

O‘tkazilgan apellyatsion sud uni yana aybdor deb topib, do‘stiga WhatsApp orqali haqoratli xabar jo‘natgani sababli BAAdan deportatsiya qilish uchun hukm chiqargan.

“Bu kabi jinoiy ishlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali osongina amalga oshirish mumkin, ammo ularni qattiq jazo kutadi... Shu kabi noma'qul ishlarni bajarishdan avval insonlar yaxshilab o‘ylab, fikr yuritishlariga to‘g‘ri keladi. BAA barcha insonlarning erkinligi va qadr-qimmatini hurmat qiluvchi mamlakat hisoblanadi. Yuqoridagi kabi holatlarda esa adolat qaror topishi inson huquqlari himoyasining bir namunasidir”, - deydi BAA apellyatsion sud vakili Ibrohim al-Ali.

Ko‘proq yangiliklar: