AQSh Xitoyning ZTE va yana uchta boshqa kompaniyasiga nisbatan cheklov kiritadi. Bu kompaniyalar Vashington tomonidan Eronga telekommunikatsion qurilmalarni reeksport qilish sxemasini yaratishda ayblanmoqda. Bu esa AQSh qonunlarining buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
AQShning fikricha, ZTE Eronga yetkazib berishni tashkillashtirish uchun o‘zining nazoratida bo‘lgan tuzilmalardan foydalanmoqchi bo‘lgan, bundan kompaniyaning hujjatlarida guvohlik berilmoqda. Bu amaldagi eksport taqiqlovlaridan birini buzish hisoblanadi. Kiritilayotgan cheklovlar smartfon va texnika ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyasining AQShdan mahsulotlar sotib olishini murakkablashtiradi.