8 mart kuni Ozodbek Nazarbekov Qo‘qonda konsert beradi

Jamiyat 20:29 / 07.03.2016 5169

Shu kunlarda barcha san'at ahli bayram tadbirlarida faol. Bahor, yasharish, yangilanish ayyomi chog‘ida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham vodiy safarida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, xonanda 8 mart kuni soat 14.00 va 19.00 da “Qo‘qon” savdo markazida konsert dasturini namoyish etadi. Ozodbek eng so‘nggi qo‘shiqlari bilan Qo‘qon ahliga bayramona kayfiyat va qalblariga xushnudlik ulashish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, xonandaning “Istiqlol” san'at saroyidagi “Mehring sabab” nomli konsert dasturi 10-20 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: