6 mart kuni Osiyo qit'asining eng kuchli milliy chempionatlaridan biri sanaluvchi Qatar Yulduzlar Ligasida 21-tur uchrashuvlari start oldi.
Tur doirasidan o‘rin olgan “Al Vakra” “Al Rayyan” jamoalari o‘rtasidagi match chempionat peshqadamining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Bu orqali esa “Al Rayyan” 2015/16 yilgi mavsum chempionligini muddatidan oldin hal qilib qo‘ydi. Jamoa 21-turdan so‘ng 60 ochko yiqqan.
Ikkinchi o‘rinda hozircha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Al Jaish” bormoqda. “Al Jaish” hisobida 39 ochko mavjud. Uchinchi pog‘onadagi “Lahviya” esa 37 ochko jamg‘argan.
Bugun, 7 mart kuni Yulduzlar Ligasida 21-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “Al Jaish” “Mesimir” bilan to‘qnashsa, Sanjar Tursunov o‘ynayotgan “Umm Salal” “Lahviya” mehmoni bo‘ladi.