Germaniyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

Jahon 16:38 / 26.02.2016 1549

Halokat 25 fevral kuni kechki payt Gamburg yaqinida Shlezvig-Golshteyn nemis federal hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ekipajning ikki a'zosi halok bo‘lgan, bir a'zosi jiddiy jarohat bilan kasalxonaga olib ketilgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, vertolyot o‘quv mashqlarini bajarayotgan vaqtda qulagan, deb xabar beradi RIA Novosti.
Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: