Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
Kasallik asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi va Afrika mintaqasida keng tarqalmoqda. Afg‘onistonda yil boshidan beri 120 mingdan ortiq insonda vabo qayd etilgan.

Foto: Report.az
Dunyoda 2024 yilning avgust oyi davomida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi, ularning 160 nafardan ortig‘i vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, avgustda 17 ta davlatdan vabo bilan kasallanishga oid 49,9 mingta va o‘lim bilan bog‘liq 161 ta holat haqida xabar kelib tushgan. Iyul bilan taqqoslaganda ushbu oyda kasallanish ko‘rsatkichi 16 foizga, o‘lim holati esa 28 foizga kamaygan.
Afg‘onistonda avgust oyida 24 ming 977 kishida, Pokistonda — 7 ming 802 kishida, Yamanda esa 7 ming 123 kishida vabo aniqlangan. «Yaqinda Markaziy va G‘arbiy Afrikada, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda yuz bergan suv toshqinlari vaboning yuqish ehtimolini oshirdi», — deyiladi JSST xabarida.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvaridan 25 avgustiga qadar dunyoning 28 ta davlatida 371,5 mingdan ortiq vabo bilan kasallanish hamda 2 ming 527 ta ushbu kasallik oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holati aniqlangan.
Kasallik asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi va Afrika mintaqasida keng tarqalmoqda. Afg‘onistonda yil boshidan beri 120 mingdan ortiq insonda, Pokistonda — qariyb 50 ming kishida, Yamanda — 31 mingdan ziyod insonda vabo aniqlangan. Undan keyingi o‘rinlarda Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Zambiya va Zimbabve turibdi.
Avvalroq 2023 yili dunyo bo‘yicha vabo infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11 / 09.07.2025
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09 / 09.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025