Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi
Sudning fikricha, «Tolibon» olib borayotgan siyosat Afg‘onistonda fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining jiddiy buzilishiga olib kelmoqda.

Haybatulloh Oxunzoda va Abdulhakim Haqqoniy
Xalqaro jinoiy sud (XJS) «Tolibon» rahbarlari — harakatning oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda va Afg‘oniston Islom Amirligi bosh sudyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Bu haqda sud press-relizida so‘z boradi.
Sudning hisoblashicha, Oxunzoda va Haqqoniy «buyruqlar berish, fitna qo‘zg‘ash yoki ko‘maklashish orqali» insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, jumladan, gender asosida qizlar va ayollarni, shuningdek, ularga yordam berganlarni ta’qib qilgan.
«Sudning fikricha, ushbu jinoyatlar toliblar 2021 yil 15 avgustda hokimiyatni egallaganidan boshlab Afg‘oniston hududida sodir etilgan va kamida 2025 yil 20 yanvarga qadar davom etgan», - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, «Tolibon» siyosati Afg‘oniston fuqarolari asosiy huquq va erkinliklarining jiddiy buzilishiga olib kelgan, bu esa qotilliklar, ozodlikdan mahrum etish, qiynoqlar, zo‘rlash va o‘g‘irlashlar bilan birga kechgan.
«Garchi ayrim taqiq va qoidalar butun aholi uchun joriy etilgan bo‘lsa-da, asosiy nishon aynan ayol va qizlar bo‘lgan — ular gender mansubligi sababli asosiy huquqlardan mahrum qilingan», - deyiladi Xalqaro jinoiy sud bayonotida.
XJS prokuraturasi «Tolibon» rahbarlarini hibsga olish uchun orderni 2025 yil yanvarda so‘ragan edi. «Tolibon» 2021 yili AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan keyin mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgandi.
Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Afg‘onistondagi vaziyatga oid rezolyutsiyani ma’qullagan edi. Unda bu davlatni boshqarayotgan radikal «Tolibon» harakati keskin tanqid qilingan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025