Niderlandiya YIning migratsiya qoidalaridan «voz kechadi»

Jahon 00:51 / 19.09.2024 4250

Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqining migratsiya qoidalariga rioya etilishi zarurligini e’lon qildi. Bu haqda mamlakatning boshpana masalalari bo‘yicha vaziri Marjoleyn Faber o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozib qoldirdi.

«Hozirgina Yevropa komissiyasini Niderlandiya uchun Yevropada migratsiya qoidalaridan «voz kechish»da muvaffaqiyatga erishishim haqida xabardor qildim. Biz boshpana taqdim etish borasidagi siyosatimiz ustidan nazoratni qaytarib olishimiz kerak», — deydi siyosatchi.

Uning taklifini Niderlandiyadagi eng yirik o‘ng partiyalardan biri bo‘lgan Ozodlik partiyasi (PVV) yetakchisi Gert Vilders ilgari surdi. Milliy parlamentdagi chiqishida u mazkur qadam uzoq vaqt olishini, ammo «yangi shaboda esayotganining alomati borligini» ma’lum qildi. Shuningdek, u X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasiga vazir Faber «tarix bitayotgani» haqida yozib qoldirdi.

Shu bilan birga, Niderlandiyani Yevropa Ittifoqi migratsiya tizimidan chiqarib yuborish uchun ittifoqqa a’zo 27 davlatning barchasining roziligi kerak bo‘ladi.

2024 yil mayda YeI davlatlari xalqaro migratsiya islohotlarini yakunladi. «Ruxsat berish to‘g‘risidagi memorandum» o‘z yurtidan uzoqda bo‘lgan shaxslarga boshpana topish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Yevropa Ittifoqiga qolishga ruxsat olish uchun berilgan muddat qisqa ekaniga qaramay, ular tezroq deportatsiya qilinadi va chegarada tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: