Tez tibbiy yordam qanchada yetib kelishi kerak?

Jamiyat 20:36 / 09.02.2016 15198

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D. Hasanova “Darakchi” gazetasining savollariga javob berarkan, tez yordam karetalari qancha muddatda so‘ralgan manzilga yetib borishi talab etilishi borasida tushuntirishlar berdi.

“Toshkent shahrida Tez tibbiy yordam stansiyasi – tez tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga, ya'ni fuqarolarning sog‘ligiga yoki hayotiga xavf tug‘diruvchi to‘satdan kelib chiqqan kasalliklarga, baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar va zaharlanishlarga 15 daqiqa, surunkali kasalliklar bilan og‘rigan va boshqa kasalliklarga 30 daqiqadan 1 soat vaqt ichida yetib borish imkoniyati yaratilgan holda tashkil etilgan”, - dedi mutaxassis.

“Bir vaqtda bir nechta chaqiriq tushsa yoki chaqiriq beruvchi chaqiriq manzilini noto‘g‘ri bergan bo‘lsa, tez tibbiy yordam brigadasining kechikib kelishiga sabab bo‘ladi”, - qo‘shimcha qildi u.

Ko‘proq yangiliklar: