O‘zbekiston vakillari 2016 yilda Rossiyada uchta sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etadilar

O‘zbekiston 21:38 / 09.02.2016 2086

O‘zbekiston vakillari 2016 yilda Rossiyada uchta sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etadilar, deb xabar berdi 9 fevralda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi.

O‘zbekiston milliy stendi Moskvada 23-26 martda bo‘lib o‘tadigan 23-Moskva xalqaro ko‘rgazmasi MITT-2016 da va 19-22 martda bo‘lib o‘tadigan "Intermarket" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida joylashtiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalarining umumiy ekspozitsiyasi Xabarovskda 22-25 sentabrda bo‘lib o‘tadigan "Tur Ekspo Servis-2016" ko‘rgazmasida ham joylashtiriladi.

O‘z navbatida Toshkentda 18-19 aprelda 14-Xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, oktabrda esa "Ipak yo‘lida sayyohlik" 22-Xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "O‘zbekturizm" matbuot xizmatining taxminicha, bu tadbirlarda Rossiya kompaniyalarining keng ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

2015 yil oktabrda bo‘lib o‘tgan "Ipak yo‘lida sayyohlik" yarmarkasida Rossiyadan 25 ta sayyohlik kompaniyasi ishtirok etgandi. Rossiya bu tadbirda ilk bor faxriy mehmon bo‘lgan.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayyohlik almashuvi barqaror rivojlanib bormoqda, biroq oxirgi vaqtda sayyohlik oqimi pasaygani kuzatilmoqda. Rosturizm ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga safarlar soni 2014 yilda 2,5 mln dan oshgan, Rossiyadan O‘zbekistonga 127 mingta kirish qayd qilingan. O‘zbekistonning hisob-kitoblariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlarning g‘arb yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishlarga qayta oriyentatsiyalanishi ularga O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini baholashga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: