Gollivud aktyorlari Bryus Uillis va Demi Mur o‘zaro ajrashuvdan 16 yil o‘tib, kinoda birga hamkorlik qilishlari mumkin. Bu haqda Woman's Day xabar tarqatgan.
Hozircha aktyorlar bu ma'lumotga izoh berishmagan.
Ushbu aktyorlar oxirgi marta 1991 yilda "O‘lim xayollari" kartinasida birga suratga tushishgandi. Endilikda, manbada aytilishicha, Uillis va Mur "Smitlar oilasi" filmida Bred Bitt va Anjyelina Joli ijro etgan qahramonlarni eslatuvchi rollarni ijro etishadi.
Manbaning izoh berishicha, Uillis va Mur bu "o‘zaro birlashuv" ularning ijodiy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ma'lumot uchun, aktyorlar 1987 yildan 2000 yilgacha o‘zaro nikohda bo‘lishgan, ularning oilasida 3 nafar qiz tug‘ilgan. 2005 yilda Mur Eshton Kutcherga turmushga chiqqan, lekin bu oila ham 6 yildan keyin ajrashgandi. Uillis esa Emme Hemingga uylangan.